Baxor keldi ( Spring has come)
Sahar kelsang tabiatni qo'yniga, To'rt devoru, ko’p uyquning o’rniga, Ko'nglingdi yoz, toza nafas, o’t dalani toriga, Quloq solib chandon qushlarning kuyiga. "May 2016"
Duxtarakam (daughter)
Duxtarakam, bari man tu az hama xurdtarakam. Duxtarakam, bari man tu az hama bextarakam. Injo bosh, hamesha tu darbarakam. Duoi man bar sari tu Duxtarakam. "Some time in 2016"
Ya Rab! ( O God)
Ya Hakim, Ya Azim, Ya Alim, Qalblar Isming birla Muloyim. Ya Basir, Ya Samir, Ya Karim, Qalblar senga muhtojdir doim. Sen Abad, Sen Samad, Sen Ahad, Sendan tilaguvmiz mag’firat. Sen Rahmon, Sen Rahim, Xostir senga mag’firat, Aff ayla bizdi va Ya Rab, yashat bizdi ilal-abad. Qanday Qilsagu, senga intilsag ya Rab!? Axir, Oqibatimiz bo’lmasin xarob, Seni bilmay, dunyo tark eturlar bu qandayin bir istirob, Nahot nafsimiz haqiqatdan shunchalar yiroq!? Insonimiz, diqqat qilsa sening yo'ling topar albat, Insonimiz, seni bilsa paydo qilar muhabbat. Bu aslida nafsimgadir bir nasihat, Chunki umir qisqa, kelur bizgaham navbat. "July 2017"
Ota (Father)
Bugun yana shom bo'ldi, Ko'ngilli taom bo'ldi. Gurbatta kunham tamom bo'ldi, Ko'nglimga mayus bir his ayon bo'ldi. Bu hislar oddiy emas, Bu kunlar tatmin etmaz. Hamma narsa borday ammo, Mexribonim Otam yetmaz. Otajonim, jonim Otam, Derdingiz omon bo'lgin bolam. Bolangiz qo'lga oldi qalam, Bunga xayron bo'lmas olam. Sajdalarda, nomozlarda, Deying shu farzandim uzoqlarda. Sovuqlarda, yiroqlarda, Soginch ichra girdoblarda. Taqdir dur, bu bir Hilqat, Bu xolatda ham bordur xikmat. Dunyolar ko’nglimizga kelsa tor, Doim bor, najoti Parvardigor. "June 2017"
Mayus Ramazon (Deplorably Ramadhan)
Mayin esting, kirib kelding, xushnud qilding, xabar berding, ilhom solding, yo'l bolding, sabab bolding, bagring ochding, imkon berding, tunda kutding, kunda tutting, Xali emasdi ramazon, niyatlandik nafila ro'zaga, u boldiyu, bu bo'ldi, qunt qilolmadig xulosada. Bugun dedik, erta dedik, rajabgaham yetib keldik, dushanba dedik payshanba dedik, yedigu ichdik va shaban keldi. Endi aslo dedik, bo'ldi yetar dedik, qachon boshlarmiz dedik, dedigu - yedik, lekin ro'za tuta olmadig va nihoyat Ramazon keldi. Badan unutmush ro'zani, ruh unitmush sozlarini. Ramazonda ro'za tutdik, kecha turib ibodat qildik, yolga tushdik tarobe o'qidik, iftor qildik. Ramazon etdi davom, darravda yigirmasi bo'ldi tamom. Otiribman joynomozda, ko'zimda yosh ichimda xuzun, nima qildikku baribirda kam. Ichimizdi pokladikmi, savoblardi joyladikmi, kechayu kunduz butun vujudimizdi gunoxlardan ogohladikmi, nomozlarda, qiroatlarda, butun ishlardi ilgariladikmi, insonlarga, ota-ona, yaqinalrga, qoshnilarga, muxtojlarga, yetimlarga, hayvonlarga va qushlarga ramazon quvonchini berdikmi?! O'n oxirgi kuning qoldi, ichimga bir xuzun soldi, sen barakat, sen tasarruf, sen mag'firat, sen marxamat, sen yaqinlik, sen muhabbat oyi edinku. shunga qaramay ichimga huzun soldinku. Sababi ayon, qilayin bayon, ming turganda bir qildik, dengiz turganda ariq bildik, kongil turganda koz bildik, ibodat turganda uyqiga shungidik. Ishdan tatil bor ekanu yoq u kiyin dedik, qo'l kotardik ammo ummatti unutdik. Xullas maqsad, esga solish, vijdon va nafsdi qolga olish. Egam aff qil, magfirat qil, sen olamlar yaratuvchisi, marhamat qil, bizlar gado, senga mubtalo, sendan boshqa kimsamiz yoqdir aslo. Yana imkon ber, quvvatli iymon ber. "May 2017"
Sochning oqi (Grey Hair)
Sochka tushgan oq, bir narsani eslatar, Shundayin bir narsaki, u hammani yig'latar. Qochari yo'qdir uni, u hammani kuzatar, Dev bo'lsin yo ojiz, qabirning töriga uzatar. "April 2018"